Vinilidenxlorid
Vinilidenxlorid, 1,1-Dixlor-etilen, SN2=SS12 — rangsiz suyuqlik; hidi xloroform hidiga o’xshab ketadi. Molekulyar modda 96,94; qaynash temperaturasi 31,7°, zichligi 1212 kg/m3. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Havoda o’z-o’zidan polimerlanadi, shuning uchun ingibitorlar, masalan, gidroxinon ishtirokida saqlanadi. 1, 1,2-Trixloretanni degidroxlorlash yo’li bilan olinadi. Vinilidenxlorid sopolimerlar, polivinilidenxlorid, metilxloroform va boshqa organik birikmalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.