Vibrometr

Vibrometr (lotincha vibro — tebrataman va … metr) — tebranuvchi (titrovchi) jismlar (mashinalar, imorat va boshqa inshootlar)ning mexanik tebranishi va titrashini o’lchaydigan asbob. Ko’rsatkichlarni qayd qiladigan Vibrometr vibrograf deb ataladi. Vibrometrning korpusi tekshiriladigan ob’yekt (masalan, samolyot)ga mahkam bog’lanadi, korpus ob’yekt bilan birga titraganda Vibrometrdagi yuk o’z inersiyasi ta’sirida dastlabki vaziyatini saqlashga intiladi. Shunda korpus va yukning bir-biriga nisbatan siljishi Vibrometr yordamida o’lchanadi. Vibrometr 10 Gts dan 20 kgs gacha va undan ortiq chastotada 0,1 mkm dan 1 metrgacha siljishlarni o’lchaydi. Vibrometr turli qurilmalarning titrashini o’lchashda, geofizika va seysmologiyada qo’llaniladi.