Viktoriya

Viktoriya (Victoria) — Avstraliya shimoldagi daryo. Uzunligi 570 kilometr, havzasi 7,5 ming km2. Katta qumli cho’ldagi Kimberli platosidan boshlanib, cho’l joylardan oqib o’tadi. Timor dengizining Janubdagi Jozef-Bonapart qo’ltig’iga quyiladi. Vodiysi tor, darasimon. O’rtacha suv sarfi 200 m3/sek. May — noyabrda Daryo sayozlanadi, yuqori va o’rta oqimida, hatto qurib qoladi. Seryomg’irli dekabr— Fevralda to’lib, ba’zan toshib oqadi. Quyilish joyidan qariyb 150 kilometr ichkarigacha kema qatnaydi.