Villa
Villa (lotincha villa — Qo’rg’oncha, yer- mulk) — shahar tashqarisidagi katta bog’li hovli-joy. Dastlab Italiya (miloddan avvalgi 3-asr)da barpo etilgan. Villaning villa rustica — turar joy va xo’jalik qurilishlaridan iborat bo’lgan me’moriy majmua, villa urbana — dam olish va ko’ngil ochar maskan, shuningdek atrofi bog’ bilan o’ralgan ko’shk, haykal va favvorali yirik turlari keng tarqalgan. 19-asrda Villalar katta shahar va shahar atrofida, shuningdek xushmanzara joylar, mahalliy dam olish maskanlarida imtiyozli ravishda qurilgan bog’li, shinam xususiy uylardan iborat bo’lgan. 20-asrdan — alohida qurilgan kam (1, 2, 3) qavatli shinam uy binosi.