Vinogradov Aleksandr Pavlovich
Vinogradov Aleksandr Pavlovich 11895.9(21)8, Peterburg – 1975.16.11, Moskva] — geokimyogar va biogeokimyogar olim, sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasining akademik (1953), vitse-prezidenti (1967— 75). Ilmiy ishlari geokimyo va Kosmos kimyosiga bag’ishlangan. Vinogradov fanga biokimyoviy Provintsiya tushunchasini kiritdi, yer po’sti vujudga kelishining universal mexanizmi gipotezasini taklif qildi. Yer po’sti jinslaridagi kimyoviy elementlarning o’rtacha miqdorini aniqladi (1957, 1962). Yer va yer toifasidagi sayyoralarning kimyoviy evolyutsiyasi nazariyasini ishlab chiqdi. Oydan olib kelingan tog’ jinslari geokimyosini o’rgandi. Vinogradovning rahbarligida bir necha metallar sintez qilingan. Uran izotoplarining parchalanish jarayonlarini aniqlagan.