Vinola
Vinola (Vignola, asli Familiyasi Ba- Rossi, Barozzi) Jakomo da (1507.1.10, Vinola, Emiliya-Romanya — 1573. 7. 7, Rim) — italyan me’mori. So’nggi Uyg’onish davri vakili, yirik nazariyotchi. Saroylar (Kapraroldagi Farneze saroyi, 1558-73), villalar (Rimdagi Papa Yuliya III villasi, 1550-55), cherkovlar (Rimdagi Il Jezu cherkovi, 1568-84) qurilishida Uyg’onish davri me’morligi printsiplarini barokko va klassisizm elementlari bilan uyg’unlashtirgan holda yangi me’moriy qismlar yaratishga intilgan. Mikelanjelo vafotidan so’ng (1564) Rimdagi avliyo Petr sobori qurilishiga rahbarlik qilgan. “Me’morlikning besh order qoidalari” nomli mumtoz traktat muallifi (1562). Vinola ijodi me’morlikda barokko uslubini shakllanishida muhim rol o’ynagan.