Violle-Le-Dyuk (Viollet-le-Duc) Ejen Emmanyuel

Violle-Le-Dyuk (Viollet-le-Duc) Ejen Emmanyuel (1814.27.1, Parij — 1879.17.9, Lozanna, Shveytsariya) — Fransuz me’mori, me’morlik tarixchisi va nazariyotchisi. Me’moriy yodgorliklarni tiklash nazariyotchisi va amaliyotchisi. Bibi Maryam ibodatxonasi (1845, J. B. Lassyu bilan hamkorlikda), Karkason mudofaa inshooti, Perfon qal’asi va boshqa binolarni ta’mirlagan. Asarlari: “Fransuz me’morligining izohli lug’ati” (10 jild, 1854-68), “me’morlik haqida suhbat” (2 jild, 1858-72) va boshqalar.