Videokuchaytirgich
Videokuchaytirgich — videoimpulslarni kuchaytirib beruvchi elektron qurilma. Asosan, mikrosxemam asosida quriladi. Videokuchaytirgich televizion priyomniklarda detektordan keyin, televizion uzaytgichlarda esa modulyatordan oddin ulanadi. Videokuchaytirgich videosignallarning to’la spektrini etarli darajada (eng past tovush chastotasidan bir necha megagersgacha) bir tekis kuchaytirib berish imkoniyatiga ega bo’lishi shart. Videokuchaytirgich televizion, radiolokatsion, ossillografik va boshqalar aniq apparatlarda ishlatiladi.