Vilyuy

Vilyuy — Sharqiy Sibirning g’arbidagi daryo, Lenaning chap irmog’i. O’rta Sibir yassitog’ligidan boshlanib Yakutsk shahridan 300 kilometr o’tgach, Lena daryosiga quyiladi. Uzunligi 2650 kilometr, havzasining maydoni 454 ming km2. Yuqori va quyi oqimlari keng vodiydan osoyishta oqadi. Vilyuy qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 1480 m3/sek. Oktabrning o’rtalaridan mayning o’rtalarigacha muzlab yotadi. Vilyuyda quyilish yeridan 1371 kilometr masofada kema qatnaydi. Chernishevskiy posyolkasida GES va suv ombori qurilgan.