Varing muammosi
Varing muammosi – sonlar nazariyasi taraqqiyotida muhim rol o’ynagan masala: har qanday l>2 ko’rsatkich uchun shunday g=qp) mavjudki, ixtiyoriy butun N>0 sonni g ta butun sonlar 1-darajalari yig’indisi sifatida yozish mumkin. E. Varing 1770 yilda ta’riflagan. Xususan, p=2 bo’lganda g=4 bo’lishini, ya’ni har qanday butun musbat sonni to’rtta son kvadratlari yig’indisi (masalan, 30=52+22+12+0=42+32+22+12) shaklida ifodalash mumkinligini J. L. Lagranj isbotlagan (1740). Bu masala 19-asrda to’la hal qilinmay qoldi, ammo sonlar analitik nazariyasida bir qancha usullarning shakllanishiga sabab bo’ldi. Varing muammosini birinchi marta 1909 yilda D. Gilbert to’la ochdi. 1942 yil V. Yu. Linnik Varing muammosining elementar, ya’ni oliy matematika metodlari qo’llanilmagan isbotini topdi. Akademik I. M. Vinogradov esa o’zining yangi usulidan foydalanib, yetarli katta L’lar uchun g=g(p)<‘p(1P i+3) ekanini ko’rsatdi (1959). Varing muammosi yechimlarini izlash sonlar nazariyasi va matematikaning boshqa bo’limlari uchun muhim bo’lgan yangi usullarining yaratilishiga olib keldi.