Vasla

Vasla (Arabcha, vasl) — mumtoz she’riyatdagi fonetik hodisa. Ikki so’zning nutqda sandxi talaffuz etilishiga ko’ra ulardagi bo’g’inlarning qayta bo’linishi. Vasla bir necha ko’rinishda kuzatiladi: 1. Yopiq tugagan bo’g’inli so’z ketidan unli bilan boshlangan so’z kelib, ular qo’shilib talaffuz etilsa, avvalgi so’zning so’nggi undoshi keyingi so’z birinchi bo’g’inining boshi holida talaffuz etiladi. Masalan, zor etdi zor etdi. 2. Unli bilan tugagan so’z ketidan unli bilan tugagan so’z kelib, talaffuz etilsa, so’zlar qo’shilishida yondosh bo’lgan unlilarning biri qisqaradi, ya’ni: ne uchun ne-chun. 3. Unli bilan tugagan so’z ketidan sandxi qo’llanuvchi so’zning birinchi undoshi unli tomonidan Assimilyatsiya qilinishi ham mumkin. Bunda ham bir unli qisqarishi va so’zlarda bo’g’in kamayishi kuzatiladi. Masalan., ya-li- ya-li yal-ya-li kabi. Vasla nutqiy hodisa bo’lib, mumtoz adabiyotda badiiy uslub vositasi sifatida tavsiflanib keladi.