Punktsiya
Punktsiya (lotincha punctio — sanchish) — davo yoki diagnostika maqsadida organizmdagi biror bo’shliq, tomir devori, parenximatoz organ va boshqalarga shpris ignasi sanchish muolajasi. Diagnostik Punktsiya biror bo’shliq (masalan, plevra)dagi suyuqlikni tsitologik, biokimyoviy, bakteriologik tekshirish, shuningdek, yirik tomirlar, orqa miya kanali va hokazolar bosimini o’lchash yoki bo’shliqqa biror modda yuborishda qo’llanadi. Davo Punktsiyasidan ko’proq organizmdagi kasal a’zodan patologik suyuqlik yoki havoni chiqarib tashlash (masalan, plevrit va boshqalarda) hamda dori yuborish va hokazolarda foydalaniladi.