Pul emissiyasi
Pul emissiyasi (lotincha emisio, inglizcha emision — chiqarish) — davlat tomonidan muomalaga jami turdagi pul belgilarni chiqarish. Pul emissiyasi pul belgilarini bosib chiqarish bilan birga muomaladagi nakd va nakd bo’lmagan pul massasining ko’payishini ham bildiradi. Pul emissiyasining asosiy shakllari kredit pullar — banknotlar va depozit-cheklar emissiyasi. Ba’zi mamlakatlarda hukumat o’z xarajatlarini, byudjet taqchilligini qoplash maqsadida qo’shimcha Pul emissiyasini amalga oshiradi, natijada inflyasiya kuchayadi. Ko’pgina mamlakatlarda Pul emissiyasini hukumat nomidan Markaziy bank amalga oshiradi.