Prudon (Proudhon) Per Jozef

Prudon (Proudhon) Per Jozef (1809.15.1, Bezanson — 1865.19.1, Parij) — frantsuz sosialisti, anarxizm nazariyotchisi. Prudon kommunizm dushmani bo’lgan, jamiyatni inqilobiy qayta qurish nazariyasiga qarshi chiqqan. Kommunizm g’oyasini u “bema’ni g’oya”, “davlatni ulug’lash”, “yovuzlik va istibdod jamiyati”, “qashshoqlik dini”, “qashshoklik falsafasi” deb bilgan. Prudonning 2 jildli “iqtisodiy ziddiyatlar tizimi yoki Qashshoqlik falsafasi” kitobi Marksning unga javob tarzida yozgan “Falsafa qashshoqligi” asari (1847) tufayli mashhur bo’lib ketgan. Prudon sinflarning iqtisodiy hamkorligi loyihasini va “davlatni yo’qotish” to’g’risidagi o’z nazariyasini ilgari surgan. “Mulkka egalik nima?”asari (1840)da bu savolga “Mulkka egalik — o’g’irlikdir” deb javob bergan.