Vayangon, Uyongan (uyg’ongan) bobo
Vayangon, Uyongan (uyg’ongan) bobo — qadimgi shahar xarobasi (milodiy 1— 4-asrlar, 9-14-asrlar). Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi Manaq (ambarmanoq) posyolkasidan 1,5 kilometr Janubi-Sharqda joylashgan. Vayangonni 1949-50 yillarda Ya. G’. G’ulomov tadqiq etib shahar hayotini 2 bosqichga: Kushonlar davri (1-4-asrlar) va o’rta asrlar (9-13-asrlar)ga ajratgan. 1973-74 yillarda Vayangonni O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filialining Tarix, til-adabiyot instituti arxeologiya bo’limi xodimlari tekshirishgan. Vayangon tarhi to’rtburchak, ikki: g’arbiy (280×360 metr) va Sharqiy (320×220 metr) qismdan iborat. Yodgorlikda olib borilgan ishlar yakuniga ko’ra, Vayangonning g’arbiy qismi milodiy 2-13-asr boshlarida obod bo’lgan. Ya. G’. G’ulomov Vayangonni o’rta asrlardagi Ardaxushmisan shahri deb hisoblagan. Vayangon hududida, shuningdek Abdol-bobo va Shayx Jaloliddin (12-13-asr boshi) nomli kichik tepachalar, Shayx Hasan Sabroniy makbarasi (12— 14-asrlar), Qalmoq qirilgan qabristoni (12-14-asrlar) joylashgan. Vayangon qal’asi nomi “Go’rug’li” dostonida ham tilga olingan. Ad.: Gulyamov Ya. G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshix vremen do nashix dney, T., 1975; Mambetullaev M., Kdir- Niyazov M. M., Goroditshe Voengan. Arxe- ologiya Priaralya, VIP. 1, T., 1982; mam – betullaev M., Srednevekoviy mogilnik Kalmakkirilgan. Arxeologiya Priaralya, VIP. 2, T., 1984.