Xoreya
Xoreya (Yunoncha chorea — raqs) — nerv sistemasi kasalligi; teztez takrorlanadigan g’ayritabiiy harakatlar, qo’l-oyoqlarning to’satdan tortishishi, ortiqcha qisqarishi va hokazolar; giperkiiezning bir turi. Xoreya terminini tibbiyotga nemis vrachi Paratsels kiritgan. Katta Xoreya, Kichik Xoreya yoki Sidenxem Xoreyasi, gentington Xoreyasi va boshqalar farq qilinadi. Revmatizmda miyaning organik o’zgarishi (revmatik Xoreya) yoki mustaqil surunkali irsiy kasallik sifatida kuzatiladi. Xoreya boshlanishida xuddi Revmatizmta xos alomatlar paydo bo’ladi. Bunda dastlab bolada o’ta toliqish, diqqate’tibor susayishi kuzatiladi; sekinasta uning harakatlari o’zgaradi; bola sakraganga, o’yinga tushayotganga o’xshab yuradi, ko’zini pirillatadi, labini cho’chchaytiradi, qo’lida biror narsani ushlab turolmaydi (choy yoki ovqatni to’kib yuboradi), palapartish yozadi, yuzini burishtirib, tilini chiqaraveradi, bemor xuddi sizni masxaralayotganga o’xshab ketadi. Keyinchalik bunday alomatlar jiddiy tus oladi. Vaqt-vaqti bilan bemorning goh qo’li, goh oyog’i tortishib qoladi; muskul tonusi susayadi. Xoreyaning oddini olish va davolashda vrach aytganlarini bekamu ko’st bajarish nihoyatda muhim. Odatda, revmatizmga yo’liqqan bemorlar dispanser nazoratida bo’lishlari, agar Xoreyaga xos andak o’zgarish paydo bo’lsa, darhol vrachga ko’rinishlari lozim. Kasallikka murtak bezining yallig’lanishi sabab bo’lsa, darhol uni oldirib tashlash, revmatizmni muntazam profilak- tik davolash tavsiya etiladi. Kasallik o’z vaqtida davolansa, bemor butunlay sog’ayib ketadi. Xoreya homiladorlikda, ayniqsa homiladorlikning dastlabki oylarida ham paydo bo’lishi mumkin; ko’proq yoshligida angina, revmatizm yoki Xoreya bilan og’rigan ayollarda uchraydi. Bunday bemorlar ayollar konsultasiyasiga vaqtida murojaat etishsa, kasallikning oldi olinadi. Xoreyaning Gentington xili aksariyat o’rta yashar va keksalarda uchraydi, naeldannaelga o’tadi; ba’zan ateroskleroz oqibatida vujudga keladi. Bunda qo’loyoq va tanadagi g’ayritabiiy harakatlar tilga ham o’tadi. Bemor gapirish, ovqat yeyish, yurishga qiynaladi, esi kirarli-chiqarli bo’ladi; ishga yaroqsiz bo’lib qoladi. Kasallik zo’raygan davrida maxsus parvarish talab etiladi.