Xettlar
Xettlar — Kichik Osiyoda qadimda yashagan xalq. Xett tilida so’zlashgan. Shuning uchun ham odatda Xettlar yoki ularning avlodlari kichik Osiyoga Bolqon (“g’arbiy” nazariya) yoki Kavkaz orqali (“Sharqiy” nazariya) kelib joylashgan deb hisoblanadi. Qadimgi Xett podsholigida shaharlarning sharqqa xos uslubda qurilishi Xettlarning Kavkaz orqali ko’chib kelganini ko’proq tasdiqlaydi. Anatoliyaning savdo markazlaridan topilgan Akkad tilida yozilgan hujjatlarda Xett tiliga mansub so’zlar va shaxs nomlarining uchrashi, Xettlarning miloddan avvalgi 3—2-ming yilliklardan boshlab kichik Osiyoda yashay boshlaganligini ko’rsatadi. Miloddan avvalgi 14-12-asrning boshlarida Xett podsholigida Xett tili asosiy davlat tili bo’lsada, Xettlar boshqa etnik guruhlar bilan qo’shilib keta boshlagan.