Xachaturov Nikolay Grigorevich
Xachaturov Nikolay Grigorevich [1907.14(27).6 Toshkent 1989.17.2] — aktyor. O’zbekiston xalq artisti (1966). Faoliyatini yosh tomoshabinlar teatrida boshlagan (1935-36). 1938 yildan M.Gorkiy nomidagi rus drama teatrida ishlagan. Xachaturov xarakterli aktyor bo’lib, qahramonlarining eng kichik xislatlarini ham o’tkir shtrixlarda berish, ko’proq satiraga moyil hayot voqealarini bo’rttirib, kulguli tasvirlash uning ijodiga xos bo’lgan. Lyudoviko (Lope de Vega, “it pichan emaydi, o’zgaga ham bermaydi”), Vurm, Qirol Filipp (F. Shiller, “makr va muhabbat”, “don Karlos”), Murzaveskiy (A.Ostrovskiy, “Bo’rilar va qo’ylar”), Jevakin (N.Gogol, “Uyl nish”), Epixodov (A. Chexov, “Olchazor”), Baron (M.Gorkiy, “Tubanliqda”), Mamat, Mullado’st (Hamza, “paranji sirlari”, “Maysaraning ishi”), Nurbobo (I.Sulton, “noma’lum kishi”), Dunkan (U.Shekspir, “Makbet”), don Kixot va Servantes (D. Vasserman, D.Derion, “Lamanchlik kishi”), konsul (G.Mdivani, “Konsulni o’g’irlashdi”) kabi rollari bilan shuhrat qozondi.