Shimoliy Dakota
Shimoliy Dakota – AQShning shimolidagi shtat, Kanada bilan chegaradosh. Maydoni 183 ming km2. Aholisi 634,1 ming kishi (2002). Ma’muriy markazi — Bismark shahri yer yuzasi tekislik, daryolari chuqur vodiylardan oqadi. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -19° dan -22° gacha, iyulniki 20-23°. Yillik yog’in 400— 500 mm. Asosiy daryosi — Missuri (yuqori oqimi). Iqtisodiyotining yetakchi tarmog’i — qishloq xo’jaligi. Asosiy ekini — bug’doy, yalpi hosili bo’yicha mamla- katda etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Shuningdek, suli, arpa, javdar, makkajo’xori, zig’ir, o’t ekiladi. Go’sht chorvachiligi rivojlangan. Qoramol, qo’y, cho’chqa boqiladi. Sanoatida yetakchi tarmoq — oziq-ovqat sanoati. Foydali qazilmalardan neft, gaz va qo’ng’ir ko’mir qazib olinadi.