Relaksatsiya

Relaksatsiya (lotincha relaxatio — kuchsizlanish) — termodinamik muvozanat holatidan chiqarilgan makroskopik tizimning o’z-o’zidan avvalgi holatiga qaytish jarayoni. Tizimning muvozanat holatiga o’tish jarayoni ma’lum tezlikda sodir bo’lib, bu tezlik faqat termodinamik parametrlar (bosim, temperatura va boshqalar)gagina emas, tizimning mikroskopik xarakteristikalariga, xususan, tizimni tashkil etuvchi zarralarning o’zaro ta’sirlashishlariga ham bog’liqdir. O’zaro ta’sirlashish ko’p jihatdan zarralarning erkin yugurish yo’li va erkin yugurish vaqtiga bog’liq. Hamma Relaksatsiya jarayonlar muvozanatsiz jarayonlardan iborat bo’lib, entropiyaning ortib borishi kuzatiladi va kinetika bu jarayonlarni to’la o’rganadi.