Rene Alen
Rene Alen (1922.3.6, Vann) — frantsuz kinorejissyori. “Yangi to’lqin” (frantsuz kinosidagi oqim) vakili. Oliy kino ma’lumot institutida o’qigan. Kinopublitsistikaning fashizmga qarshi oliy namunasi bo’lgan “Gernika”, “tun va tuman” nomli hujjatli filmlarni yaratdi. “Xirosima, muhabbatim mening”, “Urush tugadi”, “o’tgan yili Marienbadda”, “uyga ketishni xohlayman” singari badiiy filmlari bilan shuhrat qozongan.