Reofil hayvonlar
Reofil hayvonlar (Yunoncha rheos oqim va … fil) — oqar suvlarda: Daryo, soylar, dengizning suv ko’tarilib qaytadigan sayoz va doimiy oqim ta’si- rida bo’lgan qismida yashashga moslashgan organizmlar. Ayrim Reofil hayvonlar butun hayotini, boshqalari faqat muayyan rivojlanish davrini oqar suvlarda o’tkazadi. Masalan, ayrim kunliklar, buloqchilar, ninachilar, o’tkinchi baliqlar lichinkasi oqar suv bilan bog’liq. Reofil hayvonlarning ko’pchiligi kam harakat, filtrlab oziqlanadi (g’ovaktanlilar, bo’shliqichlilar, ko’p tukli halqalilar, mo’ylovoyoq qisqichbaqasimonlar).