Retif de la bretonn
Retif de la bretonn (Retif de la Bretonne) Nikola (1734.22.11, sasi — 1806.3.2, Parij) — frantsuz adibi. J.J. Russonning izdoshi. Parij mehnat ahli to’g’risidagi asarlari, ayniqsa, “Fanshettaning oyog’i” (1769), “buzilgan dehqon yoki shaharning xavf-xatarlari” (1775) romanlarida jamiyatdagi ayollarning ahvoli, davlat muassasalarini qayta qurish, tarbiya masalalari ko’tarilgan. Davrning muhim muammolariga bag’ishlangan “g’alati g’oyalar” Kitoblar seriyasi (5 jildli, 1769-89), “Janob Nikola yoki fosh etilgan inson qalbi” (16 jildli, 1794-97) avtobiografik romanida frantsuz xalqining 18-asr hayoti, urf-odati tasvirlangan, psixologiyasi ochib berilgan. Retif de la bretonn jahon adabiyotida sermahsul adiblardan biri sanaladi.