Refleksologiya

Refleksologiya (refleks va … logiya) — psixologiyadagi tabiiy-ilmiy oqim. Odamning butun psixik faoliyati tashqi muhit ta’sirida paydo bo’ladigan reflekslar majmuidan iborat deb hisoblaydi. V. M. Bexterev asos solgan. 1900-20 yillarda Rossiyada tarqalgan. Bosh miya faoliyati bilan bog’liq barcha reflekslarni tadqiq etib, ongning psixik faoliyatdagi o’rnini inkor etdi, organizmning ob’yektiv ravitshda kuzatish mumkin bo’lgan reaktsiyalarini o’rganish bilangina cheklandi. Refleksologiya o’zining ayrim yutuqdariga qaramay, psixik jarayonlarni mexanistik talqin etdi. 20-asrning 20-yillari oxirida o’z mavqeini yo’qotdi.