Ribinsk

Ribinsk (1946 yildan 1957 yilgacha Shcherbakov, 1984-89 yillarda Andropov) — Rosssiya Federatsiyasi Yaroslavl viloyatidagi shahar (1777 yildan). Temir yo’l stantsiyasi. Ribinsk suv ombori yonida, Volga bo’yidagi port. Aholisi 243,6 ming kishi (1998). Mashinasozlik (kemasozlik, motorsozlik, “Poligrafmash” ishlab chiqarish birlashmalari; dizel, optika-mexanika, stanoksozlik, “Verxnevoljskkabel” va boshqa zavodlar); neft kimyosi korxonalari mavjud. Mebel-yog’ochsozlik kombinati, gugurt fabrikasi va boshqalar ishlab turibdi. Aviatsiya-texnologiya instituti, 2 teatr, tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo’riqxona bor. 1071 yildan Ustsheksna, 1504— 1779 yillarda Ribnaya Sloboda nomlari bilan ma’lum. 18-19-asrlarga oid me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan.