Rijov Sergey Nikolayevich
Rijov Sergey Nikolayevich (1903, Tula gubernyasi, Rossiya — 1981.21.1, Moskva) — tuproqshunos olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1966), professor (1948). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan — arbobi (1944). Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo’jalik akademiyasini tugatgan (1931). Soyuznixida laboratoriya mudiri (1934-49), direktor (195457); ayni vaqtda O’rta Osiyo universitetining ilmiy ishlar bo’yicha prorektori va Agronomiya kafedrasi mudiri (1942-55). O’zbekiston Qishloq xo’jalik fanlari akademiyasi vitseprezidenti (1957-61). VASXNILning Dokuchaev nomidagi Tuproqshunoslik instituti direktori (1962-63). 1966 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi vitseprezidenti. Ilmiy ishlari O’rta Osiyo sharoitida g’o’zani sug’orish, tuproq xossalarini o’rganish masalalariga bag’ishlangan. As: Oroshenie xlopchatnika v Ferganskoy doline, T., 1948; Kratkie itogi nauchnix issledovaniy po borbe s viltom xlopchatnika, T., 1971 (v soavtorstve).