Radioaloqa

Radioaloqa — ikki yoki bir necha punktlar yoki harakatlanayotgan ob’yektlar (kosmik kema, samolyot, kema va boshqalar) orasida radioshultshinlar vositasida amalga oshiriladigan aloqa. Radioaloqa uchun barcha diapazondagi radioto’lqinlar qo’llaniladi. Radiochastotalardan foydalanish va Radioaloqa qoidalari xalqaro Konventsiya (1908 yil 1 iyulda kuchga kirgan) bilan belgilangan. Vazifasi va ta’sir chegarasiga qarab, Radioaloqa xalqaro hamda ichki Radioaloqa liniyasiga bo’linadi. Ichki Radioaloqa liniyasi magistral (respublika markazi bilan viloyatlar markazlari orasida va boshqalar) va zonali (viloyat va tumanlar ichidagi) aloqa xillariga bo’linadi. Radioaloqa liniyalari mamlakatning yagona avtomatlashtirilgan aloqa tizimiga kiritiladi. Radioaloqa xizmati vazifasi, ta’sir uzoqligi, strukturasi va boshqalar bilan farq qiladi. Xususan, yerda o’rnatiladigan va kosmik Radioaloqa (kosmik Radioaloqaga bir yoki bir necha sun’iy yo’ldoshlar yoxud boshka kosmik ob’yektlardan foydalaniladigan Radioaloqalar kiradi), belgilangan (ma’lum punktlar orasida) va harakatdagi (harakatdagi va stasionar radiostantsiyalar yoki harakatdagi radiostyalar orasida); radioeshittirish va televideniyega bo’linadi. Ishlab chiqarish va maxsus xizmatlar uchun ba’zi vazirlik va tashkilotlar (mas, fuqaro aviatsiyasi, temir yo’l, dengiz va daryo transporti, o’t o’chirish, milisiya, tibbiy xizmat), shuningdek, sanoat, qishloq xo’jalik korxonalari va boshqalarda ichki Radioaloqa xizmatidan foydalaniladi.