Rafinatsiyalash

Rafinatsiyalash (nemischa Raffi nieren, Fransuzcha raffi ner — tozalamoq), Rafinirlash — metallar va qotishmalar, yog’ va moylarni (odatda, suyuq holatda) keraksiz yoki zararli qo’shimchalardan tozalash. Metallarni Rafinatsiyalash yuqori trali (pirometallurgiya), elektrolitik va kimyoviy turlarga bo’linadi. Yuqori temperaturali Rafinatsiyalashda metallarga oksidlovchilar yoki modifikatorlar qo’shiladi. Ular qo’shimchalar bilan suyuq metallda erimaydigan (mexanik yo’l bilan ajratiladigan) yoki Rafinatsiyalash temperaturasida uchuvchan kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Bundan tashqari, metallga suyuq sintetik toshqollar, inert gazlar (mas, argon), oltingugurt, galogenlar, galogenidlar va boshqa moddalar bilan ishlov beriladi. Elektrolitik Rafinatsiyalash tuzlarning suvdagi eritmalari yoki tuzli suyuqliklarning elektrolizidan iborat. Bu turning keng tarqalgan usuli tozalanadigan metallarni anodda eritish va toza metallarni katodda cho’ktirish jarayonlarini o’z ichiga oladi. Kimyoviy Rafinatsiyalash metall va qo’shimchalarning kislotali yoki ishqorli eritmalarda turlicha erituvchanligiga asoslangan. Rafinatsiyalash bevosita pechlar yoki maxsus qurilmalarda amalga oshiriladi. Asl metallarni Rafinatsiyalash affinaj deb ataladi.