Hind tillari, hind-oriy tillari
Hind tillari, hind-oriy tillari — hind-Yevropa tillari oilasiga mansub, qadimgi hind tilidan kelib chiqqan genetik qarindosh tillar guruhi; Darl tillari va eroniy tillar bilan birgalikda mazkur oila tarkibidagi hind-eroniy tillar tarmog’ini tashkil eg’adi. Hozirgi davrda Hind tillari Hindistonnish shimoliy va Markaziy hududlarida (hindiy, urlu, Bengal. panjobi, marathiy, Gujarot, oriya. Assom, sindhi va boshqa tillar), Pokistonda (urdu, panjobi, sindhi va boshqalar), Bangladeshda (Bengal). Shri Lanka (Singal) va Maldiv Respublikasida (Maldiv) tarqalgan. Ushbu mintaqadan tashqarida tarqalgan lo’li tili ham Hind tillari guruhiga mansubdir. Umuman, 90 dan ortiq jonli til va lahjalarda 800 millionga yaqin kishi so’zlashadi (o’tgan asrning 90-yillari o’rtalari). Hind tillari tarixi asosan 3 davrga bo’linadi: eng qadimgi (taxminan miloddan avvalgi 12-asrdan boshlanadi), o’rta (miloddan avvalgi 1-ming yillikning o’rtalaridan) va yangi davr (milodiy 10-asrdan keyin boshlangan). Ushbu davrlar Hind tillarining dastlabki sintetikflektiv holatidan asta-sekin fonetik-morfologik o’zgarishlar natijasida analitik vositalarning, agglyutinativ tizimning paydo bo’lishi bilan farqlanib turadi. Zamonaviy Hind tillari 20 dan ortiq yirik tillarni va ba’zan bir-biridan jiddiy farq qiluvchi ko’plab lahjalarni qamrab oladi. Bu tillarning dastlabki tasnifini 19-asrning 80-yillarida nemis olimi A.F.R.Xyornle taklif etgan va 20-asrning 20-yillarida ingliz-irland olimi J.A.Grirson lisoniy nuqtai nazardan ishlab chiqqan. Unga ko’ra, Hind tillari “tashqi”, “ichki” va oraliqtillarga farqlanadi. Hind tilshunoslari ko’pincha hind olimi S.K.Chatterjiy tasnifiga rioya qiladilar. Ushbu gasnifda Hind tillari, J. A.Grirson tasnifidan mohiyatan farq qilmagan holda, shimoliy, garbiy, Markaziy, Sharqiy, Janubiy guruhchalarga bo’linadi. Hindistondan tashqarida bo’lgan lo’li, Pariya (Tojikisgonlagi lahja), Singal, Maldiv va boshqa tillarga mahalliy tillarning birmuncha ta’siri seziladi. Hind tillari leksikasida 3 qatlam: sanskritcha so’zlar; sanskritcha bo’lmagan, mahalliy so’zlar va Arab, fors, ingliz va boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar qatlami farqlanadi. Hind tillari tarixan brahmi asosida shakllangan ko’plab alifbolardan (masalan, devanagari, gurmukhi va boshqalar) foylalanadi. Hindistonning shimoliy va shim.-g’arbidagi ayrim tillar (urdu, siidhi) ularga moslashtirilgan Arab-fors grafikasidan foydalanadi. Hindiy, urdu, Bengal, marathiy, Panjobi, Singal kabi Hind tillarida boy adabiyot yaratilgan. Hind tillarini o’rganishda ko’plab rus va Yevropa olimlari qatori O.N. Shomatov, T.X.Xolmirzayev, A.Ibrohimov va boshqa o’zbek olimlari ham samarali tadqiqotlar olib bormoqdalar. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti mazkur tillarni o’rganuvchi asosiy markazlardan biriga anlangai. Ad.: Zograf G.A., Yaziki Indii. Pakistana, Tseylona i Nepala, M.. 1960; Chatterdji S.K., Vvedenis vipdoarinskoe yazikoznanie, Per. s angl., M., 1977; Zograf G.A., Yazmki Yujnoy Azii, M., 1990; Shomatov o.N., Janubiy Osiyo tillariga kirish, 1-3-qismlar, T., 2002-04. Ozod Shomatov.