Hasanova Shamsiro’y
Hasanova Shamsiro’y (1917 – Toshkent — 1956) — ilk o’zbek ayol rassomi. Toshkent rassomlik texnikumida ta’lim olgan (1933-38), A.Volkov, P.Gan va boshqalardan tasviriy san’at asoslarini o’rgangan. O’zbekiston davlat san’at muzeyida dastlab ekskursovod, 1945 yildan direktor bo’lib ishlagan. Hasanova ijodi davomida Sharq va G’arb san’ati uslublarining uyg’unligiga intilgan, O’rta Osiyo mshshatyura maktablari va mahobatli rassomligi an’analarini Yevropa realistik san’ati an’analari bilan uyg’unlashtirib o’ziga xos yangi plastic yechimga erishgan. Hasanova portret janrida asarlar yaratgan; “bog’bon qiz”, “skripkachi qiz”, “Avtoportret” va boshqalar; o’zbek tasviriy san’atida birinchilardan natyurmort janrini boshlab bergan: “Koptok gul”, “Xitoy chinnisi”, “Mevalar” va boshqalar. Alisher Navoiyning 500 yilligiga tayyorgarlik davrida turmush o’rtog’i Chingiz Ahmarov bilan Navoiy teatri binosining foyesi uchun ishlangan rasmlarda ishtirok etgan. Ayniqsa tarixiy portretlari (“Zebunniso begim”, “Nodirabegim”, “Uvaysiy”, “Mutriba” va boshqalar)da uning nozik sharqona uslubi o’z ifodasini topgan. Hasanova asarlari Respublika va chet mamlakatlardagi ko’rgazmalarda namoyish etilgan; asarlari respublika muzeylarida saqlanadi.