Qurama

Qurama — o’zbek xalqi tarkibiga kirgan etnik guruhlardan biri. Qurama so’zi “aralashganlar” ma’nosini bildirgan. Qurama qabilaviy ittifoqi taxminan 17-asrda shakllangan. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida o’zbeklar tarkibiga kirgan quramaliklar Toshkent, Namangan va Andijon viloyatlarida yashab kelganlar. Quramaliklarning urug’chilik tizimiga urug’, to’p va ata bo’limlari kirgan. Quramaliklar tarkibida qadimgi va o’rta asr turkiy qabilalarining quyidagi urug’ vakillari bo’lgan: Jaloyir, Kerait, Uyshun, qanjig’ali, o’ngut, yetti urug’, Telov, mo’g’ul, qang’li, olchin, Chig’atoy, Do’rmon, qalmoq, tama va boshqalar. Quramaliklar, asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanib kelishgan. 1926 yil ma’lumotlariga qaraganda, O’zbekistonda 50 mingdan ortiq Quramalik ro’yxatga olingan. Quramaliklarning ayrim guruxlari qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq va turkman xalqlari tarkibiga kirgan. Ad.: Fayziyev T., Qurama, T., 1963.