Otolitlar

Otolitlar (oto… va Yunoncha Lithos — tosh), statolitlar — bir qancha umurtqasizlar va barcha umurtqali hayvonlar muvozanat organlarida joylashgan qattiq hosilalar. Hayvonlarda Otolitlarning kelib chiqishi, o’lchami va tuzilishi turlicha. Odatda, Otolitlar hujayralar ishlab chiqaradigan mineral moddalar (ko’pincha kaltsiy karbonat) va organik moddalardan iborat; ba’zan tashqi muhitdan olinadi (masalan, daryo qisqichbaqalarida qum zarralari Otolitlar vazifasini bajaradi). Otolitlar mayda donachalar yoki yirik hosilalar shaklida bo’lishi mumkin. Umurtqasizlarda Otolitlar statosistlar, umurtqalilarda vestibulyar apparat ichida joylashgan. Gavda holati o’zgarganida yoki tezlanish ta’sirida Otolitlar o’rnining o’zgarishi tukli retseptor hujayralarning mexanik qo’zg’alishiga va miyaga yo’naluvchi elektr signallarining paydo bo’lishiga olib keladi.