Oqtosh

Oqtosh — Samarqand viloyati Narpay tumanidagi shahar. Viloyatning Janubi- g’arbida joylashgan. Tuman markazi. 1967 yil 31 sentabrda tashkil etilgan. Temir yo’l stantsiyasi (Zirabuloq). Viloyat markazi (Samarqand)dan 133 kilometr g’arbda. Aholisi 35 ming kishiga yaqin (2003), asosan, o’zbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik, qozoq, ukrain, koreys, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shaharda 12 umumiy ta’lim maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, 2 avtokorxona, paxta tozalash zavodi, “Oqtoshdon”, “Oqtoshnon”, “Salomatlik” aktsiyadorlik jamiyatlari, “Zarafshon” firmasi, Zirabuloq tajriba-sinov zavodi, MTP, Zirabuloq magistral gaz yo’llaridan foydalanish boshqarmasi, 4 bank, qurilish qishloq kombinati, 2 ta bozor, 2 klub, tuman Markaziy madaniyat uyi, 8 kutubxona, madaniyat va istirohat bog’i, Markaziy kasalxona, kattalar, bolalar, stomatologiya poliklinikalari, dorixona va boshqa savdo, madaniy, maishiy shoxobchalar bor. “Oqtosh-efir” telestudiyasi faoliyat ko’rsatadi.