Oqsoqolotasoy

Oqsoqolotasoy – Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi soy. Qoratog’ning Janubiy yon bag’ridan boshlanuvchi Qoramachitsoy va Gumassoylarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Uzunligi 33 kilometr, havzasining maydoni 20,6 km2. Oqsoqolotasoy Janub va Janubi-g’arbga oqib, Polvonota qishlog’i yaqinida qahramon kanaliga quyiladi. Qor, yomg’ir va yer osti suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yilik suv sarfi 0,03m3/ sekund, oqim moduli 1,7 l/sekund, km2. Irmoqlarining umumiy uzunligi 50 kilometr, eng yirigi Labiarab (16 kilometr). Bahorda sel keladi. Oqsoqolotasoydan Xatirchi tumanidagi xo’jaliklar yerlari sug’oriladi.