Olefinlar
Olefinlar (Fransuzcha defi ant — moy hosil qiluvchi, lot. oleum — moy va facio — qilyapman), alkenlar — to’yinmagan uglevodorodlarning gomologik qatori, umumiy formulasi SpN2p. Zanjiri ochiq bo’lib, bitta qo’sh boglidir. Asiklik birikmalarga kiradi. Olefinlarning eng oddiy vakili etilen SN2=SN2 bo’lganligidan ular etilen uglevodorodlari deb ham ataladi. Etilen va uning yaqin gomologlari (propilen SN2=SN—SN3, butenlar S4N8, amilenlar S5N|0 va boshqalar) ko’pincha alkilenlar deb yuritiladi. Olefinlar Jeneva nomenklaturasiga muvofiq tegishli to’yingan uglevodorodlarning nomiga qarab ataladi, faqat “an” qo’shimcha o’rniga “en” qo’llaniladi va zanjirdagi qo’shbog’o’rni raqamlar bilan ko’rsatiladi. Butendan boshlab Olefinlar qatorida struktura izomeriyasi mavjud; bundan tashqari, molekulasida qo’shbog’ borligidan Olefinlar geometrik izomerlar holida ham bo’lishi mumkin. Olefinlar fizik xossasiga ko’ra, to’yingan uglevodorodlardan kam farq qiladi. Ularning qaynash temperaturasi alkanlarga qaraganda ancha past, zichligi esa birmuncha yuqori. Quyi Olefinlar (S2N4 dan S4N8 gacha) gaz, keyingilari S]8N36 gacha suyuqlik, undan yuqorisi qattiq moddalardir. Barcha Olefinlar rangsiz, suvda deyarli erimaydi, spirtda oz eriydi, uglevodorod va efirlarda yaxshi eriydi. Olefinlarning qo’shbog’iga vodorod, galogenlar, vodorod-galogenidlar, suv osonlikcha birikadi (bunda moysimon suyuqlik hosil bo’ladi; Olefinlarning nomi ham shundan olingan). Olefinlar oson izomerlanib, polimerlanib va sopolimerlanib qimmatbaho mahsulotlar hosil qiladi. Yuqori alkillanish qobiliyati Olefinlarning muhim xossasi hisoblanadi. Olefinlar sanoatda, asosan, neftni qayta ishlash mahsulotlari va tabiiy gazlardan olinadi. Olefinlarning kimyoviy reaktsiyalarga kirishish xususiyati yuqoriligi, arzonligi tufayli ulardan neft-kimyoviy sintezda plastmassalar, sintetik kauchuklar, kimyoviy tolalar va boshqa muhim sanoat mahsulotlari olishda foydalaniladi.