Oltintepa

Oltintepa — jez davriga oid shahar xarobasi (miloddan avvalgi 3-2 ming yillik). Turkmaniston Janubdagi Meana qishlog’i yaqinida joylashgan. 1929 yil A. A. Semenov topgan. 1930-yillarda A. A. Marutshenko, 1949 yildan M. E. Massoy boshchiligidagi ekspeditsiya tekshirgan. Oltintepa shimoli-sharqdan Janubi-g’arbga cho’zilgan bo’lib, balandligi 20 metrga yetadi. Oltintepa qadimgi dehqonchilik madaniyatiga oid yodgorlikdir. Oltintepaning maydoni 60 gektardan ortiq. Oltintepaning atrofi qalinligi 2 metr g’isht devor bilan o’ralgan bo’lib, ichida aholi yashaydigan massivlar, kulolchilik mahallasi bo’lgan. Keng va uzun yo’llar, bir necha xumdonlar, mahobatli uy qoldiqlari, diniy inshootlar, zikkurat, mozorlar topilgan. Bu topilmalar qadimgi O’rta Osiyoda dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi o’troq qabilalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.