Qulmoq, xmel
Qulmoq, xmel — tutdoshlar oilasiga mansub chirmashib o’sadigan ko’p yillik va bir yillik o’simliklar turkumi. Mo”tadil iklimli mintaqalarda 4 turi tarqalgan. Rossiyaning zax va keng bargli o’rmonlarida, Daryo qirg’oqlarida oddiy Qulmoq, Uzoq Sharqda yapon Qulmoqi o’sadi. O’zbekistonda oddiy Qulmoq turi ekiladi. Poyasi chirmashib o’sadi. Bo’yi 10 metr, barglari bandli, qarama-qarshi joylashgan yon bargchali. Urug’chi gullari 30-50 tadan qubba-to’pgullarga yig’ilib barg qo’ltig’ida joylashgan. Urg’ochi gullarida lupulin ajratuvchi tilla-sariq bezchalari bor. Erkak to’pgullari ro’vak. Mevasi yong’oqcha. Asosan, urg’ochi qubba to’pgullari uchun ekiladi. Pivo tayyorlashda, non uchun achitqi sifatida hamda tibbiyotda (dori vositasida) qo’llaniladi. Manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi. Ildizpoyasini bo’lish yo’li bilan ko’paytiriladi.