Quyosh energetika qurilmasi
Quyosh energetika qurilmasi — quyosh radiatsiyasi (nuri)ni yutib, uning energiyasini issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Issiqlik va elektr Quyosh energetika qurilmasi bor. Issiqlik Quyosh energetika qurilmasida issiq suv, texnologik bug’, chuchuk suv yoki sun’iy sovuq hosil qilinadi. Elektr Quyosh energetika qurilmasi energiyani o’zgartirish printsipiga qarab, fotoelektrik, termoelektrik, termoemission yoki mashina tsiklli Quyosh energetika qurilmasi bo’lishi mumkin. Yuqori quvvatli (bir necha MVt li) Quyosh energetika qurilmasi ko’pincha Quyosh energetika stansiyasi (quyosh elektr stansiyasi) deb ataladi. Quyi temperaturali Quyosh energetika qurilmasida tabiiy zichligi — -0,8 kVt/m2 quyosh radiatsiyasidan foydalaniladi. Masalan, bunday Quyosh energetika qurilmasi yordamida olinadigan 60-70° li issiq suv binolarni isitishda, past temperatuada qaynaydigan suyuqliklar (Freon, xlor, etil va boshqalar) ning bug’i maxsus turbinalarni harakatlantirishda va sovitkich mashinalarida qo’llaniladi. Yuqori temperaturali Quyosh energetika qurilmasida quyosh radiatsiyasi zichligi tabiiy zichlikka nisbatan 102-104 marta kattalashtirilib, bir joyga to’planadi (fokuslanadi); buning uchun bir yoki bir necha ko’zgu yoxud linzalar to’plamidan foydalaniladi. Quyosh energetika qurilmasi yerda va kosmosda qo’llaniladi. Yerdagi Quyosh energetika qurilmasi tannarxining yuqoriligi va iqlim sharoitlarining chegaralanganligi tufayli kamroq ishlatiladi. Kosmik Quyosh energetika qurilmasidan yer sun’iy yo’ldoshlari va boshqa kosmik apparatlarini mustaqil energiya bilan ta’minlashda foydalaniladi.