Qin

Qin (biologiyada) — 1) hayvon va o’simlikning turli organlarini o’rab turadigan tuzilma. Mas, paylar qini, nerv to’qimalari qini, ba’zi baliklar xordalari qini va boshqalar. O’simlik barg bandining yoki yaprog’ining quyi qismi, Nov shaklida bir tomoni ochiq bo’ladi. Ba’zi o’simliklarda (masalan, banan daraxtida barg qini bir-birini o’rab olib, soxta poya hosil qiladi; 2) hayvonlar teri qoplamining ba’zi organlari joylashadigan bo’rtgan qismi (masalan, pat qini, soch qini, ilonlarda esa til qini va boshqalar); 3) urg’ochi sut emizuvchi hayvonlar (masalan, xaltalilar) jinsiy yo’llarining jinsiy aloqa va homilaning tashqariga chiqishi uchun xizmat qiladigan eng oxirgi qismi. Xaltalilarda Qin juft, yo’ldoshlilarning tuxum yo’llari qo’shilib yagona Qin hosil qiladi; 4) odamlarda ayollar kichik chanog’ida oldindan qovuq va siydik chiqarish kanali, orqadan to’g’ri ichak o’rtasida joylashgan cho’ziluvchi muskulli naycha. Qin devori epiteliyli, muskulli va biriktiruvchi to’qima qavatlaridan iborat; ichkarisi ko’ndalang burmalar hosil qiluvchi shilliq qavat bilan qoplangan.