Qirma
Qirma — qo’sh qavatli (pog’onali) o’yma usuli; ganch o’ymakorligit bezak, naqsh rangli qorishmalar vositasida yaratiladi. Shu usulda yaratilgan naqsh, bezak ham Qirma deb ataladi. Qirmaga necha xil rang ishlatilsa, ish shuncha bosqichla amalga oshiriladi, shuning uchun Qirmada ko’pincha 2-3 xil rangdan foydalaniladi: har bir rang alohida-alohida bosqichma- bosqich bajariladi. Usta bir xil rangning o’rnini o’yib chiqqach, avvaldan tayyorlab qo’ygan quruq rangli qorishmadan oz-ozdan qorib o’yma ustiga quyib chiqadi va naqsh sathini tekislab qirib tashlaydi, shunda naqsh chegaralari aniq va jozibali namoyon bo’ladi. So’ng axta yordamida naqsh nusxasi 2-marta tushiriladi, bu safar 2-rangning o’rni o’yilib, 2-rangli qorishma quyiladi, naqsh sathi ochilguncha qiriladi. Har bir rang ana shunday jarayonda amalga oshiriladi. Qirmaning yaxlitligi va rang turning kamligi naqshlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Rangli ganch tayyorlashda ustalar avval ko’mir, pishiq g’isht kukunlaridan foydalangan, hozirda esa har xil tayyor rangli pigmentlar ishlatiladi. Qirma quyosh nurida yaltiramay, bir xil mayinlikda ko’rinadi. Qirmani ilk bor usta Shirin Murolov, Quli Jalilov va boshqa ustalar qo’llagan; hozirda ganch o’ymakorligida keng qo’llanadi.