Nemis tili
Nemis tili — hind-Yevropa tillari oilasidagi german tillari guruhiga mansub til. GFR, Avstriya Respublikasi, Shveytsariya Konfederatsiyasi (qisman), Lyuksemburg gersogligi (qisman), Belgiya Qirolligining rasmiy tili. Rossiya Federatsiyasida, Shimoliy va Janubiy Amerikaning bir qancha mamlakatlarida ham tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 110 million kishidan ortiqroqdir. Nemis tili Frank, saks, turing, alemann, bavar singari g’arbiy german qabilalari shevalari asosida tarkib topgan va quyi nemis, o’rta nemis va Janubiy nemis lahjalariga, har bir lahja guruhi esa g’arbiy va sharqiy guruhchalarga ajraladi. Nemis tilining taraqqiyot tarixida milliy tilgacha bo’lgan (16-asrgacha) va milliy til (18-asrdan) davrlari farqlanadi; 16-17-asrlar o’tish davri hisoblanadi. Hozirgi adabiy til me’yorlarining shakllanishi asosan 18-asr oxirida tugallanib, bu davrda grammatik tizim va imlo barqarorlashgan. Hozirgi Nemis tili fonologik tizimida monoftong va diftonglar 45 foizni tashkil etadi (16 unli fonema va 3 diftong); undoshlar tizimi 18 undosh fonema va 2 qorishiq tovushdan iborat. Barcha fonemalar hosil bo’lish o’rni, usuli va talaffuzi jihatidan o’zaro farqdanadi, muayyan o’ziga xosliklarga ega. Grammatik qurilishi analitiksintetik xususiyat bilan ajralib turadi. Masalan, otlarda jins va kelishik shakllari, asosan, analitik tarzda, son kategoriyasi esa sintetik tarzda ifodalanadi. Bu holat boshqa so’z turkumlaridagi shakllar ifodasida ham kuzatiladi. Gapning asosiy turi fe’l markazli fan. Yasama, qo’shma fe’llardan ifodalangan kesim qismlarining ran tarkibida distant holatda qo’llanishi Nemis tilining aloqida xususiyati hisoblanadi. So’z yasash vositalari tizimi yaxshi rivojlangan; so’z qo’shish bilan ot (asosan, termin) yasalishi keng qo’llanadi. Lug’at tarkibida asl nemischa so’zlar qatori lotin, frantsuz, italyan, ingliz va boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar ham ko’plab uchraydi. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan. Adabiy Nemis tilining Avstriya va Shveytsariyadagi variantlari Germaniyadagi variantidan adabiy tildan turlicha foydalanish va uning lahjalar hamda so’zlashuv tiliga munosabati nuqtai nazaridan o’zaro farqdanadi.