Nitrozolash

Nitrozolash — organik birikmalar molekulalariga nitrozoguruq — NO biriktirish. Nitrozolash Elektrofil va radikal mexanizmlar bo’yicha amalga oshishi mumkin. Nitrozolash reaktsiyalarida faol zarrachalar, nitrozoniy kationi NO+ va radikali NO ishtirok etadi. Asosiy elektrofil nitrozolovchi agentlar — nitrit kislota HNO2, nitrozilsulfat kislota ONOSO3H, nitrozilgalogenidlar (masalan, NOC1), azot oksidlari (NO, N2O3, N2O4), alkilyoki asilnitritlar, 3-nitrozokarbazol, nitrozoniy tuzlari (asosan, NOBF4). Radikal mexanizm bo’yicha Nitrozolashda, odatda, azot oksidlari, NOC1, alkilnitritlar, ba’zan N – nitrozoaminlar qo’llanadi. Nitrozolash preparativ sintezlarda, masalan, transformatsiyalashda > SN2—> >so, —> >S = =NOH->>CHNO2, dorivor moddalar, kauchuklar uchun monomerlar olishda va boshqalarda keng qo’llanadi. Nitrolash — organik moddalarga nitrat va sulfat kislotalar aralashmasi ta’sir ettirib, nitromahsulotlar hosil kilish reaktsiyasi. Portlovchi moddalar, bo’yoqlar va boshqa mahsulotlar olishda keng qo’llanadi. Nitrozolashda xavfsizlik texnikasining barcha qridalariga rioya qilish kerak.