Posho, poshsho

Posho, poshsho — Usmonli turk imperiyasida fuqarolar va harbiylarga berilgan faxriy unvon. Dastlab, vazir, Beklarbegi va boshqa yuqori mansabdor shaxslar unga sazovor bo’lgan. Posho idora etgan viloyat (eyyalet) yoki tuman (sanjoq) posholik deb atalgan. 19-asrdagi islohot (Tanzimat)dan keyin va muntazam armiya tuzilgach, Posho general va vazirlarga ham berilgan. Turkiya Respublika deb e’lon qilingach (1923), faqat generallargiga Posho unvoniga ega bo’lgan. Keyinchalik Turkiyaning o’zida (1934), so’ngra Misrda (1952), Iroqda (1958) bekor qilingan.