Port-Xarkort
Port-Xarkort — Nigeriyaning Janubiy qismidagi shahar. Rivers shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 362 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Gvineya qo’ltig’i sohilidagi port, yuk ortib-tushirish hajmi bo’yicha mamlakatda Lagosdan keyin 2-o’rinda. Nigeriyaning ichki rayonlariga boruvchi temir yo’l shu yerdan boshlanadi. Palma moyi, tamaki, un tortish, metallsozlik, tsement, bitum korxonalari, neftni qayta ishlash va neft kimyosi zavodlari, neft saqlash omborlari bor. Port-Xarkortga neft konlardan quvurlar orqali keltiriladi. Port orqali chetga neft, kumir, qalay kon-tsentrati, minerallar, palma mahsulotlari chiqariladi.