Prokopevsk

Prokopevsk — Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatidagi shahar (1931 yildan). Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 243,5 ming kishi (1998). Kuzbassning kokslanuvchi kumir qazib olish markazi (16 kumir shaxtasi va razrezi bor). Yirik mashinasozlik markazi (“Elektromashina”, shaxta avtomatikasi, podshipnik, mexanika, oziq- ovqat mashinasozligi). Tramvay-trolleybus ta’mirlash zavodlari mavjud. Yengil va oziq-ovqat, kimyo, qurilish materiallari sanoat korxonalari ishlab turibdi. Ko’mir sanoati ilmiy tadqiqot institutlari, Sibir metallurgiya institutining kechki fakulteti, drama teatri, ulkashunoslik muzeyi bor. Shaharga 1918 yilda asos solingan.