Mikrobiologiya
Mikrobiologiya (mikro… va biologiya) — mikroorganizmlar haqidagi fan. M. viruslar, barcha Pro- kariotlar va mikroskopik eukariotlar (bir hujayrali hayvonlar, suvo’tlar, ayrim zamburug’lar)th o’rganadi. Mikro- organizmlarni A. Levenguk (1683) bi- rinchi marta kurgan va tavsiflab ber- gan. Nemis olimi o. Myuller (1786) ilk bor mikroorganizmlarni sistemaga solishga uringan. Mikroorganizmlar haqidagi ma’lumotlar bir qancha rus olimlari (I.Belyaev, I. Kulabin, M. M. Terexovskiy va b.)ning ishlarida ham uchraydi. Lekin M. fan sifatida faqat 19-a.ning 2-yarmida, asosan, Fran- suz olimi L. Paster ishlari ta’sirida shakllana boshladi. L. Paster muayyan kimyoviy jarayonlar, jumladan, har xil bijg’ishlarni mikroorganizmlar fao- liyati b-n bog’likligini isbotlab ber- Di; yuqumli kasalliklarni mikroblar paydo qilishi to’g’risidagi g’oyani himoya qildi; mikroorganizmlarning o’z-o’zidan paydo bo’lishi to’g’risidagi gipotezani inkor etdi; anaerobiozni kashf qildi. R. Kox va uning maktabi tomonidan qattiq oziq muhitning yaratilishi, mikroorga- nizmlarning sof kulturasiga bo’lgan qat’iy talablar va kasallikning muayyan mikroorganizmga bog’liqligini aniqlash mezonlarining ishlab chiqilishi b-n qisqa vaqt davomida ko’pchilik kasalli – klarning qo’zg’a-tuvchilari kashf etil- Di. L. Pasterning mikroorganizmlar- ning tabiatdagi ahamiyati to’g’risidagi g’oyalarini umumiy M. asoschilari S. Ch. Vinofadskiy va M. Beyerink rivojlan- tirishdi. Ular tomonidan mikroorga- nizmlarning elektiv kulturasi (bitta organizmning rivojlanishiga sharoit yaratish) metodining ishlab chiqilishi va moddalarning biologik aylanishi jara- yonida ishtirok etadigan mikroorganizm- lar guruhining ko’rsatib berilishi b-n eksperimental M. rivojlana boshladi. M.ning asosiy o’rganish ob’ektlari bakteriyam ar, achitqi zamburug’lar, AK- tinomisetlar va viruslar hisoblanadi. Lekin M. metodlaridan zamburuelar va b. mikroorganizmlarni hamda yuksak tuzil- gan ko’p hujayralilar hujayralarini o’stirishda ham foydalaniladi. Zamo- naviy M. bir qancha mustaqil fanlarga ajratiladi. Sanoat (texnik) M. og’ir, engil va, asosan, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida uchraydigan zararkunanda hamda oziq mahsulotlarini i.ch. da foy- dalaniladigan mikoorganizmlarning faoliyati va biologik xususiyatlarini o’rganadi. Sanitariya M.sining vazifasi suv, havo, oziq-ovqatlar sifatini nazo- rat qilish, kasallik tug’diruvchi mikro- organizmlar tarqalishining oldini olishdan iborat. Umumiy M. mikroorga- nizmlar morfologiyasi, fiziologi-yasi, biokimyosi, genetikasi, sistematikasi va ularning tabiatdagi ahami-yatini o’rganadi. Yashash muhitiga ko’ra umumiy M. tuproq, sanoat, suv, geologik, kosmik M.ga ajratiladi. Tuproq, ya’ni qishloq xo’jaligi M.si tuproq mikroorganizm- lari tarkibini, ularning o’simliklar qoldig’ini o’zlashtirishda va o’simliklar paraziti sifatidagi ahamiyatini o’rgatadi. Ekinlarning mikroorganizm- lar paydo qiladigan kasalliklariga, q.x. zararkunandalariga qarshi kurash- ning mikrobiologik usullarini ishlab chiqadi. Geologik M. mikroorganizm- larning geokimyoviy jarayonlardagi ahamiyatini o’rganadi. Suv M.si sho’r va chuchuk suv mikroflorasining son va si- Fat tarkibini o’rganadi, ichiladigan suvning sifatini nazorat qiladi. 1965 y.dan kosmik M. rivojlana boshladi. U bir hujayrali organizmlarning kosmik fazodagi hayot faoliyatini o’rganmoqda. M. ob’ektlari va jarayonlaridan za- monaviy texnologik M., ya’ni biotex-no- logiyada keng foydalaniladi. Zamonaviy M. mustaqil metodologiyaga ega bo’lgan, lekin o’z tadqiqotlarida fizikkimyoviy biol., tsitologiya, genetika va b. fanlar qo’lga kiritgan yutuqlardan foydalana- digan mustaqil fan hisoblanadi. O’zbekistonda mikrobiologik tadqiqotlar 20-30-y.lardan boshlan- Di. 1947 y.da O’zbekiston FA Zoologiya va botanika in-tlari qoshida mikro- biologiya lab. tashkil etiddi. Lab.da tuproq unumdorligini oshirish, si- Los tayyorlash, oqova suvlarni tozalash, o’simlik va hasharotlarning virus ka- salliklari ustida tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlar, ayniqsa, 1977 y.da O’zbekiston FA Mikrobiologiya i.t. instituti tashkil etilganidan so’ng ken- gayib ketdi. Bu davrda O’rta Osiyo mikro- florasini aniqlash va o’rganish (M. E. Mavloniy), vino tay-yorlashda foydala- niladigan achitqilar sifatini yaxshilash (X. Abdurazzoqo-va, N.B.Egamberdiev, Sh. I. Hakimo-va), mikroorganizm- lardan o’simlik qoldiqlari va sanoat chiqindilaridan em-xashak tayyorlashda foydalanish (J. Toshpo’latov, T. D. Ja- Molov), mikroorganizmlar orasidagi antagonistik munosabatlarni va ular ishlab chiqaradigan antibiotiklarni o’rganish, ulardan o’simliklarni himoya qilishda, chorvachilikda (S. A. Asqarova, S. M. Hojiboeva, M. Q. Qutliev, S. B. Bo’riev) foydalanish hamda sabzavot, poliz, texnika va boshqa q.x. ekinlari- ning bakteriya, zamburug’va viruslar qo’zg’atadigan kasalliklari (E. T. Dikaso- va, M. I. Isamuhamedov, A. H. Vahobov) ustida keng miqyosda tadqiqot olib bo- rildi. Bir vaqtning o’zida mikroorga- nizmlarning geokimyoviy faoliyatiga oid ishlar amalga oshirildi. Tarkibida oltin, mis va b. elementlar kam bo’lgan rudalardan elementlarni mikrobiolo- gik yo’l b-n ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqiddi (P. T. Malaxova, M. F. Sagdieva). Q.x. va sanoat korxonalari- dan chiqadigan oqova suvlarni mikro- biologik usul yordamida tozalash (J.Q. Qutliev, R. Sh. Shoyoqubov, S. B. Bo’riev), gen va hujayra muhandisligi usullari yordamida engil va oziq-ovqat sanoat- lari, q.x. va farmakologiya uchun zarur bo’lgan oqsillar, ferment lar, vitamin- lar, biologik o’g’itlar sintez qilish, shifobaxsh sutqatiq tayyorlash biotex- nologiyalari joriy qilindi (A. F. Xol- Murodov, A. S. Rasulov, P. Yu. Yusupov, I. J. Jumaniyozov, T.F. G’ulomova, D. K. Ogay). Bu tadqiqotlar tufayli virus — zamburug’ — o’simlik sistemasida zamburug’ning kasallik qo’zg’atish xusu- siyatidagi o’zgaruvchanligini aniqlashda mikovirusning ahamiyati ochib berildi (J. Safiyazov). Mikroorganizmlarda fiziologik faol birikmalarning hosil bo’lishi va ularni ishlab chi- qishni boshqarish yo’llari o’rganildi. N i Kot i n a m i D a D e n i n D i n u k l e ot i D (NAD) ishlab chiqaradigan mahalliy zamburug’lar topildi va ular sintezi- ning ayrim biokimyoviy mexanizmla- ri aniqlandi (A. F. Xolmurodov, T. G’. G’ulomova). Tsellyupatik fermentlar preparati va oqsilga boy oziq moddalar olish texnologiyasi ishlab chiqildi (K. D. Davronov, 3. R. Axmedova). Tsianobakte- riyalarni emiradigan faglar aniqlandi (M. M. Murodov). 50 yillik tadqiqotlar natijasida O’zbekistonda birinchi Mar- ta mintaqaviy mikroorganizmlar kol- lektsiyasi yaratildi. T i b b i yo t M.ning rivojlanishi A. G. Grekov nomi b-n bog’liq. Uning bevosi- ta ishtirokida Toshkent harbiy gospita- li qoshida birinchi bakteriologik lab. (1917), o’lka bakteriologiya in-ti (hoz. Vaktsina va zardoblar in-ti) tashkil etildi (1918). M.ning zamonaviy muam- molarini ishlab chiqishga A. O. Obidov, I. M. Muhamedov, M. A. Mirzaeva, L. G. Bajenov, X. I. Ishoqo-va, E. X. Esh- Boev, N. A. Nuraliev va b. katta hissa qo’shmoqdalar. Veterinariya M.si sohasidagi tadqiqotlar O’zbekiston veterinariya institutida olib boriladi. In-tda sa- marali faoliyat ko’rsatgan Sh. T. Rasulov (qoramollarning trixofitiya — qo’tir kasalligi), I. N. Nevskiy, A. A. Volko- va, P. A. Apollosova, P. B. Boboev, G. N. Nosirov, I. A. Mazitov (qo’ylarning ana- erob va salmonellyozli, virusli abortla- ri), N. K. Siddiqov, I. D. Burliskiy, M. B. Boboeva, A. N. Axmedov (mollarning kolibakteriozi, parrandalarning paste- rellyoz, pulloroz, TIF va b. yuqumli kasal- liklariga qarshi veterinariyasanitariya tadbirlari), N. Mamatov (hayvonlarda quturish kasalligiga karshi vaktsina yaratgan), X. Salimov (qoramollarning leykoz kasalligi diagnostikasi, unga qarshi kurash vositalari) kabi olimlar veterinariya M.si rivojiga katta hissa qo’shdilar. Abdurasul Vahobov, Egamberdi Esh- Boev, Hoshim Nurmamatov.