MIKROBIOLOGIYA INSTITUTI

MIKROBIOLOGIYA INSTITUTI, O’zbekiston FA mikrobiologiya il- miy tadqiqot instituti — nazariy va eksperimental mikrobiologiya hamda biotexnologiya masalalari bo’yicha yirik ilmiy markaz. 1947 y. O’zbekiston FA Zoologiya va botanika in-tida mikrobio- logiya lab., 1965 y. mazkur lab. negizida mikrobiologiya bo’limi tashkil etilib, 1977 y. in-tga aylantirildi. In-tning asosiy ilmiy yo’nalishi O’rta Osiyo (O’zbekiston) mikroflora- sining xilma-xilligini o’rganish, AJ- ratib olingan mikroorganizmlarni sistemaga solish hamda nopatogen va shartli patogen mikroorganizmlarning yirik regional (yaqin va O’rta Sharq mintaqasida yagona bo’lgan) mahalliy to’plami (kollektsiya)sini tuzishdan iborat. In-tda mikroorganizmlar Fi- ziologiyasi, tsitomorfologiyasi va bio- kimyosi, mikrobiologik yo’l b-n fizio-logik faol birikmalar, antibiotiklar va mikroorganizmlardan zahar olish o’rganildi. O’simlik qoldiqlari va sano- at chiqindilaridan em-xashak tayyorlash, mikroorganizmlarda qarama-qarshilik tabiati va ular ishlab chiqargan biolo- gik preparatlarni o’rganish natijalari- dan dehqonchilik, ipakchilik, chorvachi- lik va sanoat tarmoqlarida foydalanish yo’lga qo’yildi. In-tda mevali daraxtlar, sabzavot, poliz, texnika va boshqa q.x. ekinlari- ning bakteriya, zamburug’va viruslar qo’zg’atadigan kasalliklari o’rganilib, ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqildi. Mikroorganizmlarning geoki- myoviy faoliyatiga oid tadqiqotlar olib borildi. Rudalardan mis, rux, kobalt, mo- libden, oltin, kumush va b. metallarni mikrobiologiya yo’li b-n ajratib olish imkoniyatlari mavjudligi is-botlandi va texnologiyasi ishlab chiqildi. Q.x. va sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarni mikrobiologik usulda tozalash biotexnologiyasi joriy etildi. Tanlash, gen va hujayra muhandisligi yordami- da mikrobiologiya va oziq-ovqat sano- ati hamda chorvachilik uchun oqsillar, Fer-mentlar, vitaminlar, biologic o’g’itlar; shifobaxsh sutqatiq tayyorlash uchun tomizg’i mikroorganizmlarning o’ta mahsuldor shtammlarini olishda kamchiqitli va chiqitsiz biotexnologiya usullari yaratildi. G’o’zaning oq palak va b. kasalliklariga qarshi biologic himoya vositalarining ilmiy asoslari ishlab chiqildi. Lipaza — li-polaktin preparatini i.ch.ning ilmiytexnik hujjatlari tayyorlandi hamda uni qo’llashning aniq sohasi belgilandi. Gen va hujayra muhandisligi usullari yordamida tsellyuloza hamda oqsil ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarning yangi xillari topildi. In-t xodimlari oldida turgan vazifa atrof muhitni muhofaza qilish hamda foydali mikroorganizm- lardan xalq xo’jaligi tarmoqlariga jo- riy etishdan iborat. In-tda 9 lab. bo’lib, ularda 200 dan ortiq xodim, jumladan, O’zbekiston FA 1 akad. (M. Mavloniy), 10 fan D-ri, 42 fan nomzodi faoliyat ko’rsatadi (2003). Mashhura Mavloniy.