Malavi
Malavi (Malawi), Malavi Respu- blikasi (Republic of Malawi) — Sharqiy Afrikadagi davlat. Mayd. 118,5 ming km2. Aholisi 10,5 mln. kishi (2001). Poytaxti — Lilongve sh. Ma’muriy jihatdan 3 viloyat (region)ga bo’linadi. Davlat tuzumi. M. — Respubli- ka. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlikka kiradi. Amaldagi kon- stitusiyasi 1995 y. 17 mayda qabul qilingan. Davlat boshlig’i — president (1994 y.dan Bakili Muluzi), u umumiy ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga sayla- nadi, faqat bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy Majlis, ijroiya hokimiyatni esa prezident b-n hukumat amalga oshiradi. Tabiati. M. hududining ko’p qismini 3 ming m gacha balandlikdagi yassitog’lik egallaydi. Mulanje massivi deb atal- gan yassitog’lik chuqur botiqlik sari tik tushib boradi, uning tubida Nyasa ko’li joylashgan. Toshko’mir, boksit, apatit konlari bor. Niobiy rudasi, beril- liy, oltin, grafit, asbest, qalay, titan, strontsiy, muskovitli mayda konlar ma’- lum. Iqlimi — ekvatorial, mussonli: yozi seryog’in (noyab.dan apr.gacha), qishi quruq. Eng iliq oyi (noyab.)ning o’rtacha t-rasi balandliklarda 20-30°, past joylarda 27° gacha, eng salqin oyi (iyul) ning t-rasi 14— 19°. O’rtacha yillik yog’in 750-1500 mm. Nyasa ko’lidan oqib chiqadigan Shire (Zambezi irmog’i) dar- yosi dare va ko’l tarmoqlarining asosini tashkil qiladi. Jan.-Sharqda kattagina Shirva sho’r ko’li joylashgan. Shim.dagi toqqa xos qizil tuproqlarda mavsumli nam tropik o’rmonlar, qolgan joylarda, jigarrangqizil lateritli tuproklarda kserofit tropik o’rmonlar, baobab ara- lash akasiya savannalari, palma aralash Park savannalari usadi. Dare vodiyla- rida silsilali o’rmonlar mavjud. Fil, buyvol, karkidon, har xil kiyiklar, Ze- bra, jirafa, Arslon, qoplon, gepard, chi-yabo’ri, sirtlon kabilar yashaydi. Hayvonot dunyosini ko’riqlash maqsadida Nika, Livande, Lengve, Kasungu milliy bog’lari tashkil etilgan. Aholisi, asosan, bantu xalqlarining Sharqiy guruhiga mansub. Markaziy r-nlarda Malavi, Jan.da makua, lom- ve, vayao, suaxili va b. xalqlar yashaydi. Aholining yarmiga yaqini mahalliy an’- anaviy dinlarga e’tiqod qiladi, 40% xristian va 10% musulmon. Chiche-va (Malavi) va ingliz tillari — rasmiy. Aholining 9% shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Blaktayrlim- be, Zomba, Lilongve. Tarixi. M.da qadimdan bantu tili guruhiga mansub qabilalar yashaydi. 15-a. oxirlarida Nyasa kuli atrofida Malavi kabila uyushmalari yuzaga kelgan. 19-a. ning 2-choragida M. xududiga Jan.dan ngoni, Jan.-sharkdan va Mozambikdan vayao qabilalari kelib joylashgan. 19-a. ning 60-y.laridan evro-paliklar kela boshladi. 1891 y.da M. Angliyaning Nya- salend protektorati deb e’lon qilindi. Mamlakat Angliyaning boshqa mustamla- kalariga ishchi etkazib beradigan makon- ga aylantirildi. 1915 y. mustamlakachi- larga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi. Garchi u bostirilsada, milliy ozodlik harakati davom etdi. Ayniqsa, 2-jahon urushi yillari va urushdan keyingi davrda mil- liy harakat kuchaydi. 1944 y. M.da dastlabki siyosiy tash- kilot — Nyasalend Afrika Kongressi (NAK) tuzildi. U tub aholining ijtimo- iy huquklarini kengaytirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. 50-y.lar boshlarida NAK Markaziy Afrika mamlakatlarida- gi milliy ozodlik kurashini boshqardi. Rodeziya va Nyasalend federasiyasi tu- zilgach (1953), bu federasiyani tarqatish va Nyasalendga mustaqillik berishni talab qildi. Milliy ozodlik harakati 1959 y. qo’zg’olonga aylandi. Mustamla- ka hokimiyati qo’zg’olonni shafqatsizlik b-n bostirdi, rahbarlarini konsla- gerlarga jo’natdi. Lekin milliy ozod- lik harakatini tuxtata olmadi. 1959 y. NAK o’rniga M. Kongressi partiyasi tuzildi. 1961 y. mustamlakachilar yon berishga majbur bo’ldi. M.da Konstitu- tsiya joriy qilinib, barcha nyasalendli- klarga saylov huquqi berildi. 1961 y. saylovda qonun chiqaruvchi kengatshdagi ko’pchilik o’rinni M. Kongressi parti- yasi oldi. 1963 y. Rodeziya va Nyasalend federasiyasi tarqatib yuborildi. 1964 y. 6 iyuldan Nyasalend Malavi nomi b-n mustaqil davlat bo’ldi. 1966 y.iyudsa M. Respublikasi e’lon qilindi. 1971 y.dan 1994 y.gacha M.dagi birdan bir siyosiy partiya — M. Kongressi parti-yasining raisi Xastings Kamuzu banda M. Prezi- Denti buldi. 1994 y. 17 mayda mamlakat tarixida birinchi marta kup partiyali asosda prezident va parlament saylovi o’tkazildi. Birlashgan demokratik front partiyasining raisi Bakili Muluzi Pre- zident lavozimiga saylandi. M. — 1964 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 6 iyul — Mustakillik kuni (1964). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. M. Kongressi partiyasi, 1959 y.da tuzilgan; Birlashgan demokratik front partiyasi, 1993 y.da tashkil etilgan; De- mokratiya uchun alyans siyosiy uyushmasi, 1992 y.da asos solingan. M. kasaba uyush- malari Kongressi, 1964 y. tashkil etil- gan. Xo’jaligi. M. — iqtisodiy jihatdan qoloq agrar mamlakat. Yalpi ichki maqsulotda q.h.ning ulushi 28%, sano- atning ulushi 14,5%. Iqtisodiyotning negizi — q.x. Jami q.x. mahsulotining 85%ni mayda dehqon xo’jaliklari etishtiradi. Choy, tamaki, er yong’oq, shakarqamish, paxta, tung, kauchuk, ichki ehtiyoj uchun makkajo’xori, oq jo’xori, tariq, sholi, maniok, kartoshka eki- ladi. Chorvachiligi suet rivojlangan. Qoramol, qo’y, echki, cho’chqa boqiladi. Ko’l va daryolarda baliq ovlanadi. Sanoat, asosan, q.x. xom ashyosi- ni qayta ishlash korxonalaridan ibo- rat. Tsement, qand z-dlari, tamaki, to’qimachilik, paxta tozalash, tikuv f-kalari, hunarmandchilik ustaxonalari bor. O’rmon xo’jaligida qurilishbop yog’och tayyorlanadi. Yiliga 414 mln. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Trans- porti unchalik rivojlanmagan. T.y. uz. — 789 km, avtomobil yo’llari uz. — 11,4 ming km, shundan 2,8 ming km asfalt- langan. Lilongve va Chilena sh.larida xalqaro aeroportlar bor. M. chetga tama- ki, choy, qand-shakar, qimmatbaho yog’och, er yong’oq, jun, teri, tung moyi, paxta so – tadi, chetdan oziq-ovqat, qora va rangli metall, neft mahsulotlari, gazlama so- tib oladi. Tashki savdodagi asosiy mi- jozlari: Buyuk Britaniya, JAR, Yaponiya, Germaniya, Zimbabve, AQSh. Pul birligi — kvacha. Tibbiy xizmat tuzilmasida davlat sog’liqni saklash muassasalari b-n bir qatorda xususiy shifoxona va kasal- xonalar ham bor. Mamlakatda 200 vrach ishlaydi. Shifokorlar chet ellarda tay- yorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaiiyma’- rifiy muassasalari. 19-a. oxirlari- da xristian da’vatkorlari mamlakat- da da-stlabki maktablarni ochishgan. Mustaqillik e’lon qilingan paytda (1964) katta yoshdagi aholining 90% sa- vodsiz bo’lgan. 1990-y.larga kelib savod- sizlik darajasi 61%. Boshlang’ich ta’- lim 8 y.lik, o’rta ta’lim 4 y.lik. Quyi kasb-hunar ta’limi boshlang’ich maktab negizida 1 y. davomida hunarmandchilik maktablarida, o’rta kasb-hunar ta’limi esa o’rta maktab negizida 3 y. davomi- da texnika in-ti va bilim yurtlarida amalga oshiriladi. Boshlang’ich maktab uchun o’qituvchilar ped. bilim yurtlarida, o’rta maktab uchun o’qituvchilar esa un-t va Blantayrlimbedagi ped. Kollejida tayyorlanadi. Zom-bedagi un-tning tur- li shaharlarda f-t va kollejlari bor. Mazkur un-tning kutubxonasi, Lilong- Veda M. milliy kutubxona Mahkamasi, Zombeda Milliy arxiv va uning kutub- xonasi, Lilongveda Britaniya Kengashi- ning kutubxonasi, Blantayrlimbeda M. muzeyi, Zombeda M. geol. Mahkamasi, M. ilmiytarixiy jamiyati, Blantayrlimbe- da M. tibbiyot uyushmasi, q.x. vazirligi huzurida bir qancha i.t. in-tlari va ular- ning turli sohalardagi tadqiqot hamda tajriba st-yalari mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. M.da nashr etiladigan yirik gaz. va jur.lar: “Malavi Gavern- ment gazett” (“Malavi hukumat gaze- tasi”, ingliz tilidagi haftalik gaz., 1894 y.dan), “Deyli tayme” (“har kungi vaqt”, ingliz tilidagi kundalik gaz., 1895 y.dan), “Afriken” (“afrikalik”, ingliz va chicheva tilida 2 haftada bir marta chiqadigan gaz., 1950 y.dan), “Ma- lavi Nyus” (“Malavi yangiliklari”, ingliz va chicheva tillarida chiqadigan yakshanbalik gaz., 1959 y.dan), “ZIS iz Ma- lavi” (“bu—Malavi”, ingliz va chicheva tillarida chiqadigan oylikjur., 1964 y.dan). M. ax-borot agentligi (mana) Axborot departamenta nazoratida, 1966 y. asos solingan. M. radioeshittirish korporasiyasi, yarim tijorat Mahkamasi, 1964 y.da tuzilgan. Adabiyoti ingliz tilida rivojlana boshlagan. M. mualliflarining dast- labki asarlari 1930-y.larda bosilib chiqdi va ma’rifiy tusda bo’ldi. Ular- da mamlakatda yashovchi xalqlarning tari-XI haqidagi ma’lumotlar, af- rikalik yo’lboshchilarning tarjimai hollari tavsifi, tartibqoida majmu- alari, nasihatlar, tavsiyalar, amaliy maslahatlar bayon etilgan (S.Ntaraning “Afrika kishisi”, “Acheva xalqi tari- XI”, E.V. Chafulumiraning “Bizning oila” asarlari). Shu toifadagi asarlar hozir ham nashr etilayotir, ammo 60-y. lardan boshlab roman va qissa ustunlik qila boshladi. L.Kayiraning o’z hayotidan yozgan asarlari orasida “jingala” Roma- ni avlodlarning o’zaro munosabati muam- mosiga, “Davlat mulozimlari” romani yosh zielilarning hayotdagi o’rni masa- lasiga bag’ishlangan. Keyingi yillarda O.Kachingve, D.Rubadiri kabi adiblar muhim ijtimoiy voqealar silsilasida ayrim insonning takdirini haqqoniy tasvirlaydigan asarlar yaratishdi. Me’morligi va tasviriy sai’a- ti. M. xalqlarining qad. Madaniyati haqida ko’p narsa ma’lum emas. O’nlab km ga cho’zilgan ko’hna irrigasiya insho- otlarining qoldiqlarigina topilgan. Nyanja va cheva xalqlarining asosiy manzilgohlari to’siq b-n o’ralgan va imo- ratlar zich qurilgan qishloqdan iborat bo’lgan. Ngoni elatining kulbalari sir- tiga taqasimon og’ilxonalar qurilgan va to’qima devorli uylar tarzida joylash- tirilgan. Uy devorlari loy b-n suvaladi va kulohsimon tomiga xashak yoki qamish yopiladi. Keyinroq uylar to’rtburchakli va derazali qilib kurila boshlagan, to’qima eshiklar o’rnatilgan. Ayrim uy- larning devorlariga qizil va oq bo’yoklar b-n jonivorlar tasviri yoki naqshlar ishlangan. Devorlarni yomg’ir va quyosh nu- ridan saklash uchun uy atrofiga peshay- vonlar qurilgan. 20-a.ning 2-yarmidagi- na shaharlarda zamonaviy binolar paydo bo’ldi. Badiiy hunarmandchilikning ku- lolchilik va yog’och o’ymakorligi turlari yoyilgan. Sopol idishlar qizil rangga bo’yaladi, ba’zan grafit b-n jilo berila- Di. Yog’ochdan turli buyumlar va idishlar yasaladi, ularga jonivor va qush tasviri tushirilib, qizil va qora rangga bo’yab qo’yiladi. Musiqasi. 20-a. o’rtalarigacha M.da an’anaviy musiqa ustun bo’lgan. 50-y. larda radio va grammofon yozuvi tufayli amerikacha ommaviy musiqa va turli Jan. afrikacha uslublar tarqaldi. Kongodan gitara, Lotin Amerikasidan Afrika- lashtirilgan lumba uslubi kirib keldi. Musiqadagi tashqi ta’sir b-n ichki ri- vojlanish birga qo’shilib, yangi musiqiy uslublar yuzaga keldi. Mamlakatning siyosiy hayoti va xalq turmushini aks et- tiruvchi yangi qo’shiq va raqslar yaratiddi. M. xalqlari orasida rubobni eslatuvchi bir torli mngoli g’ijjagi, Zeze deb ata- luvchi yassi tsitra, shuningdek, puflab chalinadigan nkangala va gubo, chang kabi cholg’u asboblari keng yoyilgan. 1jahon urushidan keyin lipenga (uzunchoq qovokdan yasalgan surnay), mahalliy ma- terialdan yasalgan harbiy do’mbira pay- do bo’ddi. Xalq tabiblari bemorlarni davolashda musiqa va raqsdan foydala- nishadi. Qizlarni uzatishda yor-yor aytish keng ommalashgan. Hoz. paytda “kvela” uslubi, ayniqsa, keng urf bo’lgan. Unda mahalliy musiqiy an’analar evropacha ommaviy musiqa b-n qorishib ketgan. Malavi — bantu xalqlari guruhi. Malavining asosiy aholisi (6 mln. ki- shidan ortiq). Mozambikda, Zambi-yada va b.da ham yashaydi. Umumiy soni 9,35 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). Malavi ti- lida so’zlashadi. An’anaviy dinlarga e’tiqod qiladilar, xristi-anlar, Sun- niy musulmonlar, sinkretik (aralash) kultlarga sig’inuvchilar ham bor.