Mushmula
Mushmula (Mespilus) — Ra’no- doshlarga kiruvchi mevali daraxt. 2 turi mavjud: 1) Yapon Mxi yoki Lokva — bu doim yashil o’simlik vatani — Sharqiy Osiyo. Daraxt bal. 6-8 m, tanasining va shoxlarining rangi to’qkulrang. Bargla- ri yirik, dag’al, shakli uzun-choq, ba’zan ovalsimon, uchi o’tkir, yuzasi yaltiroq, yaproqning ostki tomoni tukli. M. kech kuzda yoki qish boshida gullaydi. Gulla- ri Gulshodaga to’plangan bo’lib, juda no- zik va xushbo’y, rangi ochsariq. Mevalari shingil bo’lib, har bir shingilda 12 tadan noksimon va, ba’zan, dumaloq shakldagi mevalar joylashgan. Mevaning yuzasi bir oz tukli. Eti sersuv, mayin, ta’mi shirin – nordon. Meva tarkibida 39% suv, 0,35% protein, 0,06% moy, 8,95% saxaroza, 0,94% dekstroza va 0,26% kul mavjud. Har bir meva ichida 2-3 tadan yirik urug’i bo’lib, meva og’irligining 20-25% ni tashkil etadi. Mevasi apr. oxiri — mayning boshlarida pishadi. M. daraxti 5-6-yili hosilga kiradi. 8-12 yoshligida 30-50 kg hosil bera- Di. Mevasi iste’mol qilinadi, konser- va sa-noatida qayta ishlanadi. Urug’idan likyor tayyorlanadi, guli parfyumeri-yada ishlatiladi. 2) German M.si yoki oddiy M. — butasimon, ba’zan, daraxt shakli- da bo’lib, bo’yi 3-6 m. Eron, Kichik Osiyo va Bolqon yarim orollarining sernam zonalarida, Kavkazda, Qrimda uchray- Di va ekiladi. Shuningdek, AQShda qam ekiladi. Yovvoyi turlarining novdala- ri tikanli. Barg shakli lentasimon yoki tuxumsimon, guli yakka, yirik, rangi oq. Mevasi danakcha, eti qattiq, pishgach yum- shaydi. Ta’mi shirin. Meva tarkibida 10% kand, 1,1% olma kislotasi, 1,6— 11,8 mg% vitamin S mavjud. M.ning ik- kalaturi ham mevali ekinlarga kirmay- Di. M., asosan, urug’dan ko’payadi, behi va do’lanaga payvand qilish ham mumkin.