Mongollar

Mongollar, mo’g’ullar (o’zlarini mongol deb ataydi) — Mongoliyada yashaydigan asosiy xalq. O’tgan asrning o’rtasida M. yashagan hududning Jan. kismi XXR tarkibiga kiritilib unga Ichki Mongoliya deb nom berilgandan so’ng, ular Mongoliya M.i va XXR M.iga bo’linib ketgan. Mongoliyada 1,64 mln. kishi, XXRda 5,24 mln. kishi (1990-y.laro’rtalari), Rossiya Federasiyasi tarkibidagi Burya- tiyada ham yashaydi. “Mo’g’ul” etnonimi Chingizxon davrida tarixga kirib kel- gan bo’lib, u tarkibi murakkab ‘ bo’lgan qabilalar Ittifoqi nomini anglatgan. M.ning kelib chiqishi masalasida ham turli fikrlar mavjud. Ayrim XI- toy manbalarida M.ning kelib chiqi- . shi turkiy bo’lib, ularning ilk ajdod- lari tatar (tat, dadan)ga borib taqaladi deb ko’rsatiladi. Xorijiy olimlarning aksariyati, jumladan, ayrim Yaponiya va Xitoy tadqiqotchilari M. hunnlarning avlodi deb hisoblaydi. Mo’g’ul olimla- ri, jumladan, Suren Badalax (Suriba- dalaxa) M.ning qad. turkiy xalq bo’lmish “Di”larning avlodi, mil. AV. 3-a.da gov- chilardan ajrab chiqqan muoge qabilasi M.ning ilk ajdodidir deb hisoblaydi. Hoz. zamon : Xitoy olimlari ichida M. tunguslardan (dungxu — Sharqiy xo’rlar demakdir) kelib chiqqan degan fikr chuqur o’rnashib bormoqda. Xitoy manbalarining guvoxligiga qaraganda, M. nilun-mo’g’ul (sof mo’g’ul) va xamuxe-mo’g’ul (omuxta, ya’ni aralash- gan mo’g’ul) kabi 2 toifaga bo’linadi. 1to- ifaga dastlab 30 kabila kirgan. Bular ichida ko’k ko’zliklar ko’p uchrab turgan. Chingizxonning otasi Yasugay Bahodir (Asugaybatur) tobe bo’lgan avlod ham ko’k ko’z bo’lgan. Shu bois u Xitoy man- balarida “lanyan chiyati” (Ko’kko’z chiyat) deb nomlangan. Bular tarkibiga kir- gan qabilalarning eng yiriklari tatar (dadan — aluxay, dutaut, alchi va chagan kabi yirik qabilalardan tashkil topgan ittifoq), Qiyot (kele), Nayman, Jaloyir, merkit (meerchiti, vuduyivuti, melichi, meliji) va b. bo’lgan. 12-a.ning 1-choragida tatar va b. Chingizxon boshchiligida o’zlarining g’arbidagi va Jan.dagi qo’shinlarini [ki- donlar, qipchoqlar, uyg’urlar, naymanlar, keraitlar, merkitlar (marqitlar) va tan- gutlar] bo’ysundirib, yirik davlatni barpo etganlar. Mo’g’ul elati shu davrda shakllangan. Shu sababli M. nomi 13-a. dan boshlab Chingizxonga tarafdor va tobe barcha kabila va elatlarning umumiy nomiga aylangan. 13— 14-a.lar ko’chmanchilikka asos- langan mo’g’ul saltanatining gullagan davri hisoblanadi. Ayni zamonda M. xalq sifatida shakllangan. 15-a. bosh- larida ma’lum siyosiy voqealarga ko’ra, M.ning g’arbiy qismi (4 katta qabiladan iborat bo’lgan oyrotlar, derben oyrot) ajralib chiqib, 1635 y.da o’z davlati — Jung’or xonligi (1635— 1758) ni tash- kil etgan va Markaziy Osiyodagi yirik kuchga aylangan. 16-a. o’rtalarida esa Sharqiy M. shim. (xalxaliklar) va Jan. (uzumchinlar, ordoslar) kabi qismlarga bo’linib ketgan. 16-17-a.lardan M. lamaizmga e’tiqod qila boshladi. 17-a. boshlari- da Mongoliyani manjurlar bosib olgan. M. deyarli 3 asr (1691 — 1911) mobay- nida milliy asoratda yashaganlar. 1921 y.da g’alaba qilgan Xalq inqilobidan ke-yin M. sosializm g’oyasiga berilib o’z davlatini Mo’g’uliston Xalq Respubli- kasi deb e’lon qilganlar. 1992 y. dan bu davlat Mongoliya deb ataldi. XXRda yashaydigan mongol elatlari (xochinlar, barinlar, ordoslar, uzumchinlar va b.) o’z nomlarini saklab kelmoqda. Ularning xo’jaligi va moddiy madaniyatida Xitoy- lar va manjurlarning ta’siri kuchli. M.ning azaliy mashg’uloti chorvachilik hisoblanadi. Dehqonchilik M.ga Kidon- lar davridan beri ma’lum, asosiy ekin lalmikor g’allachilik (bug’doy, arpa), ov- chilik (xo’jaligi va madaniyati haqida q. Mongoliya). Abdulahad Xo’jaev.